Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Piyozchilikda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish natijasida maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo ob’yektlari foydalanishga topshirildi.

×

 2024-03-30 09:40:39    148

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor qaratildi. "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari asosida mahallada toza ichimlik suvi, yo‘l ta’miri, elektr energiya va gaz ta’minoti, tibbiy yordam ko‘rsatish va bandlik masalasi bilan bog‘liq ko‘plab ishlar amalga oshirildi. 
Prezident Administratsiyasi, Respublika Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tijorat banklarining mas’ul xodimlaridan iborat respublika ishchi guruhi shakllantirildi.
“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan 11 ta oilalarning turarjoylari ta’mirlab berilgan bo‘lsa, “Obod ko‘cha” mezonlari bo‘yicha 9 ta ko‘chada asfaltlash,  piyodalar yo‘lagini qurish hamd elektr ta’minoti yaxshilash ishlari bajarildi. Mahalla kirish qismiga zamonaviy stella o‘rnatildi. 1,1 km ichki yo‘llar asfal’tlashtirilib, Bahmal ko‘chasiga 400 metr beton to‘siqlar o‘rnatildi. 2,2 km piyodalar yo‘lagi barpo etildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 dona 160 kVali transformator punkti o‘rnatildi. 330 ta simyog‘och ustunlari yangi temir-beton tayanchlariga almashtirildi hamda 8,1 km sip kabel va 10 kVali havo tarmoqlari tortildi. Faxr, Muhandis va Istiqbol ko‘chalarida 2,3 km uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 120 ta xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Ana shunday tizimli ishlarning natijasida aholining uzoq yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan eng birlamchi hayotiy ehtiyojlari hal etildi.
Bugun “Piyozchilik” mahallasida yangi bino va inshootlar, xizmat ko‘rsatish shaxobchalari foydalanishga topshirildi. Tadbirda Prezident Adminstatsiyasi mas’ul xodimi Faxriddin Musayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevlar hamda mahalla ahli ishtirok etdi. Dastlab, mahalla fuqarolar yig‘inini yangi binosini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, “HONGQI” hamda “Bestune”  avtosalonlari ham foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari poyabzal va kiyim kechak do‘koni, 2 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi aholi ihtiyoriga topshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish chekka va olis qishloqlarni   obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirmoqda. Buni odamlarning e’tirofi, e’tiboriga sazovor bo‘layotgan amaliy ishlar ko‘rsatib turibdi.