Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Muborak Ramazon oyida 21 nafar ishsiz xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi

×

 2024-04-08 17:07:57    155

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga Toshloq tumanidan moddiy yordam hamda ish bilan band qilish  masalasida murojaat qilgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 21 nafar ishsiz xotin-qizlarga ishlab daromad topishi uchun Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari ajratildi. 
Muborak Ramazon oyida aholiga Prezident sovg‘asi sifatida tuhfa etilgan tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman xalq qabulxonasi mudiri Mazohid Yuldashev hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘z egalariga topshirildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish borasida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, bugungi topshirilgan tikuv mashinalar yordamida xotin-qizlar o‘z xonadonlarida qo‘shimcha daromad topishlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkinligini aytib o‘tdi.