Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloq tumanida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.

×

 2024-04-09 12:14:50    159

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumandagi 2-umumta’lim maktabining zamonaviy sport  maydonida 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Oybek Farmonov, sektor rahbarlari hamda sportchi yoshlar ishtirok etdilar. 
Dastlab, tuman hokimi so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarga omad tiladi. Yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi o‘yinlarida yoshlarning faol qatnashishlarini, musobaqa yakunida g‘olib jamoalar munosib taqdirlanishini aytib o‘tdi.  
Shundan so‘ng, DXX kubogini mini futbol bo‘yicha o‘tgan yilgi g‘olib jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.