Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA IPAK QURTI TARQATILMOQDA

×

 2024-04-12 11:29:31    177

PDF yuklash
Chop etish


    Ma’lumki, har yili aprel, may, iyun oylarida yurtimizda ipak(pilla) urug‘ini olib kelish, pilla qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish borasida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.
Joriy yil pilla mavsumida Toshloq tumanida 3 ming 405 quti ipak qurti jonlantirilib, 204 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. 
Ayni vaqtda fermer xo‘jaliklari va kasanachilar bilan ipak qurti parvarishlash uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.  Bunda “Temir daftar”da ro‘yxatga olingan oilalar hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari “Zarkent” MMTP hududidagi inkubatoriyada mas’ullar bilan uchrashib, ipak qurti tarqatilishi jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Hozirgi kunda “Zarkent” MMTP hududi urug‘chilik elita yaratishga ixtisoslashgan bo‘lib, 600 quti ipak qurti parvarishlanadi.
Bugungi kunda 14 dona inkubatoriya mavjud bo‘lib, ular orqali fermer xo‘jaliklari hamda qurt boquvchi kasanachilarga urug‘ tarqatish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.