Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI - MUROJAATLAR YeCHIMIGA QARATILDI
2024-04-16 15:21:43 143
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabulida fuqarolarning ko‘plab murojaatlari o‘z yechimini topdi.
Qabul davomida toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti, uy-joy, kommunal masalalar, ta’lim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan fuqarolarning 50 ta murojaati atroflicha muhokama qilindi.
Ularning aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalar qat’iy nazoratga olindi. Qabulda tuman prokurori Shuxratjon Musayev ham ishtirok etib, murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berdi.