Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASI TOSHLOQ TUMAN BO‘LIMINING YANGI BINOSI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YISH TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.
2024-04-19 08:43:38 157
Tadbirda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari, Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassislari, mahalla faollari, diniy idora vakillari va nuroniylar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ 404-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasi rayosat majlisining 2023 yil 11-sentyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan Toshloq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: bo‘limning avvalgi asosiy binosi bir qavatli xom g‘ishtdan xashar yo‘li bilan qurilgan moslashtirilgan binodan iborat bo‘lgan. Bino 1958 yilda qurilgan bo‘lib, dastlab hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasi sifatida faoliyat olib borgan. 1976 yildan boshlab sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga xizmat qilib kelgan. Avvalgi bino bugungi kunga qadar ta’mirlanmagan.
Yangidan barpo etilayotgan bino uch qavatli loyiha asosida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kelgusida tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratish, kasalliklarni erta aniqlash va epidemiologik vaziyatni nazorat qilib borish uchun bakteriologik, parazitologik va virusologik labarotoriya xonalari hamda boshqa xonalar zamonaviy talablar asosida loyihalashtirilgan. Loyiha qiymati 5 milliard 327 million so‘mni tashkil etadi.
Bino joriy yilning avgust oyigacha to‘liq bitkazilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.