Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA YOSHLARGA YeR AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

×

 2024-04-23 16:55:02    144

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 12 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2024 yil 5 apreldagi PQ-153-son qaroriga asosan Toshloq tumanida ham dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga 30 yil muddatga ijara asosida yer maydonlari ajratilmoqda. 
Bugun 2-sektor hududidagi "Davlatjon" fermer xo‘jaligiga qarashli 1,8 gektar yer maydoni ishsiz va otaliqqa olingan yoshlarga 30 yillik ijara asosida topshirildi.