Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat" shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

×

 2024-04-25 16:54:47    170

PDF yuklash
Chop etish


"Xamrak" mahalla fuqarolar yig‘inida "Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat" shiori ostida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda oilalar mustahkamligini, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. 
Uchrashuvda xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.