Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA IPAK QURTI PARVARISHIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH O‘TKAZILDI

×

 2024-04-27 15:57:41    129

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova, viloyat "Agropilla" MCHJ rahbari M.Qosimov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
“Arabmozor” MFY hududida joylashgan “Sadda Qayrag‘och” MMTPda o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshloq hamda Yozyovon tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda ipak qurti agronomlari bilan birgalikda ipak qurtini parvarishlash, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni pillachilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Aytish mumkinki, joriy yil pilla yetishtirishga jalb etilgan kasanachilar uchun pillachilik klasterlari tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Toshloq tumanida 3 ming 405 quti ipak qurti jonlantirilib, 204 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Birgina Toshloq tumanida 11700 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, daromad topishlari uchun ko‘maklashilmoqda.
Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratildi ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilgan.