Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Xonariq” mahallasida “Madaniyat va ma’rifat oyi” doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

×

 2024-05-02 10:52:51    36

PDF yuklash
Chop etish


May oyining "Madaniyat va ma’rifat oyi" deb e’lon qilingani qishloqliklarni chindan quvontirdi. Sababi qishloq hayoti mehnatda o‘tadi. Kun bo‘yi qilingan jismoniy mehnatning charchoqlari esa mana shunday madaniy tadbirlar orqali chiqadi. 
Har kunidan mamnun, shukronalik bilan yashayotgan xonariqliklar bilan suhbatlashar ekansiz dilingiz yayraydi. Chapani, hamma narsani bolini aytadigan mahalla ahli shu kuni mahalla markazida tashkil etilgan tadbirda maroqli dam oldi. 
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar viloyatdagi 1063 ta MFY shuningdek tuman markazlari, ko‘cha va hiyobonlarda davom etmoqda. Bundan tashqari viloyatdagi muzey va teatrlar eshiklari har kuni tomoshabinlar uchun ochilgan. Bir so‘z bilan aytganda may oy yurtimizda o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlar asosiysi madaniy xordiq uchun yurtdoshlarimizga  yaxshi imkoniyat oyi bo‘lishi shubhasiz.