Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

×

 2024-05-03 14:53:39    185

PDF yuklash
Chop etish


Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda maktablardagi ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
3-4 may kunlari tumanimiz umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari   uchun  “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi  3 kunlik o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda. Unda barcha umumta’lim maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.
Vazirlik tomonidan ayni shu kontingentning malakasini oshirish, ularning ish faoliyatiga zamonaviy yondashuv va ilg‘or tajribalarni joriy qilish maqsadida 2 bosqichda tashkil etilgan seminarda sohaning eng ko‘zga ko‘ringan olimlari va malakali mutaxassislari dars o‘tish uchun jalb etilgan. Ular tomonidan: Ma’naviy tarbiyaning metodologik asoslari: milliy qadriyatlarga sodiq yoshlarni tarbiyalash; ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning kreativ texnologiyalari; o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning mas’uliyati; o‘zbek jadid ziyolilarining maktab islohoti borasidagi tashabbuslari; yangi ma’naviy makonni barpo etishda ustozlarning o‘rni;  Zamonamizning yangi usul maktabi kabi mavzularda mashg‘ulotlar va treninglar o‘tkazildi.  
Seminar kaskad usulida ikki bosqichda o‘tkazilib, unda barcha umumta’lim maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qamrab olindi, o‘quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda davomatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarning malakasi oshirildi.
Shuningdek, farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati, maktab bilan hamkorlik masalalari,  bunda mahalla instituti, nuroniylar, oila va xotin-qizlar hamda yoshlar tashkilotlari, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasidagi vazifalar belgilab olindi.