Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA 15 MAY – “XALQARO OILA KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI
2024-05-04 10:41:01 147
Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. 15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Toshloq tumanida ham “Oila mustahkamligi - jamiyat tinchligining garovi“ mavzusida tadbirlar tashkillanmoqda.
Jumladan, “So‘kchilik” MFYda “Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”, “Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli” mavzularida aholi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga mahalladagi yoshi ulug‘ onaxonlar, namunali oila bekalari, notinch oila vakillari taklif etildi. Tadbirda so‘z olganlar oilalarning mustahkamligini ta’minlash yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi hamda namunali oilalardan biri bo‘lgan Farog‘atxon Qayumovaga tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillar mehnat qilib kelayotgan, ishda, oilada shaxsiy namuna bo‘lgan mahalla faollari ham taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida Farg‘ona viloyati tadbirkorlar markazi vakili Salimaxon Rustamova 20 nafar “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan, ishsiz xotin-qizlarga o‘quv kurslarining sertifikatlarini topshirdi.