Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"RANGLAR SEHRI" NOMLI IJODIY ISHLAR KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-04 13:54:37    144

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida barchamiz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek “Madaniyat va ma’rifat oyi” doirasida bugun  Toshloq tumanidagi 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy san’at turlarini  keng targ‘ibot qilish, shuningdek  tasviriy va amaliy san’at turlarini  rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev va tuman IIB boshlig‘i Avazbek Kattabekovlar ishtirok etdi. Unda qatnashgan sektor rahbarlari har bir oilaga, har bir maskanga yangi nur, yangi ziyo kirib borishi, odamlarimizning dunyoqarashi o‘zgarishi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlarning yurt taqdiriga dahldorlik tuyg‘usini uyg‘onishi har birimizning asosiy ishimizga aylanishi lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir yakunida tasviriy va amaliy san’at turlari bo‘yicha o‘zining ijod namunalari bilan ishtirok etgan o‘quvchi va o‘qituvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.