Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


UCH AVLOD UCHRASHUVI

×

 2024-05-06 16:48:59    131

PDF yuklash
Chop etish


9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan hamda Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 23 aprel kungi “Viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirish hamda sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish to‘g‘risida”gi 101-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda 150 nafar faxriy ustoz-murabbiylar, 50 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdilar. Shu bilan birga Farg‘ona viloyati direktorlar kengashi raisi, Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi X. Rahimov, Toshloq tuman hokimi o‘rinbosari E. Madaminov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘. Karimovlar ishtirok etdilar. 
Ishtirokchilar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va yosh pedagoglar bilan ta’lim-tarbiya jarayoni sifat samaradorligini oshirish bo‘yicha suhbatlashdilar. Ularning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Jumladan  faxriy ustozlar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023-2024 o‘quv yilidan 618 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yapon metodikasi bilan o‘qitish ishlarini tashkil etilishi, ular uchun zamonaviy tarzda jihozlangan 19 ta sinf xonasi, Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan berilgan  “Elektron doska”lar bilan jihozlangan 7 ta sinf xonasi, zamonaviy shaklda jihozlangan “Robototexnika to‘garagi” xonasi, o‘quvchilarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan sport zali, ochiq va yopiq sport maydonchalari, kutubxona, zamonaviy jihozlangan 2 ta  kompyuter sinfi xonalari bilan tanishdilar. 
Tadbir yakuniga bag‘ishlangan yalpi yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat olib boradigan “Faxriy – ustoz maktabi” faoliyatini tashkil etish, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda sohaga doir islohatlarni izchil amalga oshirish, o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchilarning davomatini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rish, bu borada ta’lim muassasasi, oila, mahalla hamkorligida amalga oshirilidigan dolzarb vazifalar belgilab olindi.  
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Marg‘ilon shahridagi “Maqom” teatrida sahnalashtirilgan “Ushshoq” spektakli namoyishiga tashrif buyurdilar.