Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDAS

×

 2024-05-07 15:35:44    28

PDF yuklash
Chop etish


Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. Umr mazmunini fidoyilik bilan bezab, o‘ziga xos namunali hayot yo‘lini yaratgan jonfidolarni e’zozlash, o‘tganlarni xotirlab, ularning aziz nomlarini yod etish ham qadriyatlarimiz hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 apreldagi 9 may- “Xotira va qadirlash” kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-160-sonli qarori  hamda Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan joriy yilning 26 fevral kuni  tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-jadvali ijrosini ta’minlash yuzasidan bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi hamkorlikda "Xonariq" mahallasida yashab o‘tgan O‘zbekiston qahramoni Komiljon Mamajonovni nomini abadiylashtirish, uning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga na’muna qilib ko‘rsatish maqsadida "Fidoyilik" mavzusida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda qahramonimiz qishloq va mahallalarni obod qilish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, qishloq xo‘jaligi sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarida tashabbus ko‘rsatganligi e’tirof etildi.  
Komiljon ota Mamajonov 1989 yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni va 1995 yil 25 avgust kunidagi Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan.
Mohir qishloq xo‘jaligi xodimi, kamtarin va mehnatkash inson Komiljon ota Mamajonovning xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.