Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA SEKTOR RAHBARLARINING SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-08 17:58:39    135

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 2-sektor hududidagi “Chuqurqishloq” mahallasida tuman sektor rahbarlarining fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman prokurori Shuxratjon Musayev hamda tuman IIB boshlig‘i Avazbek Kattabekovlar fuqarolar murojaatlarini tingladilar.
Qabul davomida 25 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari sektor rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarning murojaati asosan yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo‘ldi.
Joyida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.