Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HADEMAY BESARANGLIKLAR ERTA PISHAR QOVUN HOSILINI YIGʻIB OLISHNI BOSHLAYDILAR.

×

 2024-05-14 10:01:19    126

PDF yuklash
Chop etish


   Besaranglik dehqonlar har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchilardan yetishtiradilar. Ayniqsa, erta pishar qovun hosilini yurtimiz bozor rastalariga yetkazib berish bilan birga MDH davlatlariga ham eksport qiladilar.
Iqlim va tuproq sharoitlari mahsulot yetishtirish uchun qulay bo‘lgan Toshloq tumanidagi “Besarang” mahallasida mirishkorlar poliz mahsulotlarini ham iste’molchilarga yetkazib berishni boshlashdi.
“Besarang” mahallasida 754 ta xonadon bo‘lib, shundan 355 tasida qovun yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda besarangliklar 40 gektar yer maydoniga eksportbop qovun navlarini ekdilar.
Mahalla raisi Dilmurod Qosimovning qayd etishicha, ayni paytda mingdan ortiq oilaning aksariyati o‘z tomorqasida qovun ekadi. Innovasion yondashuv tufayli aholi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etilib, intensiv usulda qovun yetishtirish yaxshi daromad manbaiga aylandi. Besarang qovuni nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki qo‘shni respublikalarda ham mashhur. Shu bois ekologik toza mahsulot MDH davlatlariga ham eksport qilib kelinmoqda.