Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ODINAXON ISMOILOVA OSIYO CHYeMPIONATIDA 63 kg VAZN TOIFASIDA FAXRLI 1-O‘RINNI EGALLADI

×

 2024-05-14 10:07:26    84

PDF yuklash
Chop etish


    Xabaringiz bor, joriy yilning aprel-may oylarida Qozog‘iston Respublikasida sportning boks turi bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz tarkibida farg‘onalik yoshlar ham faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni egalladilar.
Jumladan, qizlar orasida Toshloq tumanida tavallud topgan Odinaxon Ismoilova munosib qatnashib, 63 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chempionni kutib olish marosimi tumanda katta tantana qilindi. 
Odinaxon Ismoilova ta’lim olgan 25-umumta’lim maktabida chempion va uning ota-onasi, ustoz-murabbiylariga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. 
Tantanada so‘z olgan tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev yurtimizda sportga berilatyogan e’tibor natijasida tuman yoshlari orasidan ham Osiyo chempionlari yetishib chiqayotganini faxr bilan tilga oldi.