Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


«BESH TASHABBUS – BESH IMKONIYAT!»

×

 2024-05-14 18:54:15    161

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida Toshloq tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Besh tashabbus – besh imkoniyat!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika ishchi guruhi a’zolari, Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar. 
Tadbirda o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida "Gullar va qushlar" bayrami,  5-11- sinf qizlari o‘rtasida "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi, 9-11-sinf yigitlari o‘rtasida "Osh tayyorlash" ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, "Prokuror sovrini" uchun o‘tkazilgan viloyat bosqichida faxrli o‘rinni egallagan g‘oliblar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 
Tadbir davomida “Ma’rifat ulashib" shiori ostida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyor va aktrisalar Gulchehra Nosirova, Feruza Sobitova, Ahror Qo‘shmatovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda maktabda o‘tkazilgan qiziqarli ko‘rik-tanlovlar hamda mashhur insonlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvlar yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.