Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
25 NAFAR ISHSIZ XOTIN-QIZLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI BERILDI
2024-05-20 15:12:25 125
Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli Toshloq tumanidagi ko‘plab xotin-qizlarning ham yillar davomida to‘planib qolgan muammolari o‘z yechimini topmoqda.
O‘z muammolari bilan ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning hunar o‘rganib, o‘zi yoqtirgan kasbni mukammal egallamoqchi bo‘lgan, kasbini rivojlantirishni xohlaganlarning bandligi ta’minlanmoqda.
Bugun Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 25 nafar xotin-qizlarga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari bepul tarqatib berildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev subsidiya asosida berilgan tikuv mashinalari har bir ayolning o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyati yaratilganligini ta’kidlab o‘tdilar.