Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA PROBATSIYA NAZORATIDA TURGAN SHAXSLAR UCHUN SAYYOR SUD BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-23 14:07:52    122

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumandagi “Suvboshi” MFYda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining  raisi  A. Rahimov  raisligida  sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda ichki ishlar organlari probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarning xatti-harakatlariga baho berildi. Aytish kerakki Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar natijasida ayniqsa odil sudlovga, adolatli qarorlar qabul qilinishiga erishilib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlari himoyalanmoqda. 
Jamiyatda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib tuzalish yo‘liga o‘tganlarni qo‘llab - quvvatlash, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar ham izchillik bilan davom ettirilayapti.
Probatsiya nazoratda turgan, sud tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarni buzmasdan mehnatga halol va vijdonan yondashganligi sababli 10 nafar shaxslarga  nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib ular jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildilar.
Sayyor sud majlisida 2 nafar shaxsga nisbatan jazoni o‘tash tartib qoidalarini buzganligi sababli og‘irroq jazo turiga almashtirish haqidagi tuman IIB tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.