Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMI ABDUQAHHOR DJURABAYeV TAVSIYA QILADI

×

 2024-05-23 18:45:35    122

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman axborot-kutubxona markazida tuman hokimi kitobsevar yoshlar bilan uchrashib, o‘zi yoqtirib o‘qigan Li Kuan Yuning “Uchinchi dunyodan birinchi dunyo. Singapur tarixi” nomli asarini o‘qishni tavsiya qildi. 
-Bugun hokim sifatida emas, kitobsevar do‘st sifatida siz aziz yoshlar bilan muloqot qilmoqdaman,- deydi tuman hokimi A.Djurabayev. -Kitob barcha yaxshiliklarni, barcha ezguliklarni avvalidir. Har bir inson hayotda shakllanishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, kelajakda o‘z xohish- istaklariga erishish uchun albatta bilimli, zukko bo‘lishi kerak. Buning uchun bizga faqatgina kitob yordam bera oladi. Kitobga mehr qo‘ygan, kitob bilan do‘stlashgan odamni dunyo qarashi ham o‘zgaradi. Shuning uchun siz aziz yoshlarga ko‘proq kitob o‘qishni, yozgi ta’tilda ham vaqtingizni mazmunli o‘tkazishni tavsiya qilaman, -deydi tuman hokimi. 
Shundan so‘ng, tuman hokimi Li Kuan Yuning “Uchinchi dunyodan birinchi dunyo. Singapur tarixi” nomli asari haqida fikr bildirdi. Li Kuan Yu tarixda chuqur iz qoldirgan shaxslardan biridir. U kichik va imkoniyatlari cheklangan mamlakatni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqqan. Kitobda muallif dunyo siyosati, xalqaro munosabatlar, huquq tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotni isloh qilish yo‘llari haqida teran mulohazalarini bayon etganligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar ham o‘zlarini yoqtirgan asarlari, she’rlari haqida tuman hokimiga so‘zlab berdilar.   
Kitobsevar yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni Vodiy1.uz ijodkorlari  “Hokimlar kitob tavsiya qiladi” loyihasi uchun tasvirga oldilar.