Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2024-05-24 16:26:48 106
Toshloq tumanida aholi murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida hududlarda kommunal sohadagi muammolar o‘z yechimini topmoqda.
1-sektor hududida joylashgan “Xonariq” MFYdagi Nuroniy ko‘chasida istiqomat qilayotgan fuqarolar tuman hokimiga ko‘chani shag‘allashtirish hamda elektr tarmog‘i uchun tayanch ustunlarini almashtirish zarurligi yuzasidan murojaat qilgan edilar. Ushbu murojaat yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, ichki ko‘chaning 1 km. qismi shag‘allashtirildi. Bugun tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan elektr tarmog‘ini yaxshilash, eskirgan tayanch ustunlarni almashtirish ishlari olib borilmoqdalar.