Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SHIRIN QOVUNLAR QISHLOGʻI

×

 2024-05-29 10:17:05    123

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi “Besarang” mahalla fuqarolar yig‘inida ertangi qovun pishdi. 
Ichki va tashqi bozorda xaridorgir  bo‘lgan “Doro-f”  qovun navlari ertapisharligi, shirin ta’mi bilan ajralib turadi.
Besaranglik dehqonlar  ertangi qovun navlari yetishtirish borasida o‘ziga xos tajribaga ega. Ixtiyorjon Qamchiyev intensiv usulda  mahsulot parvarishlash, yangi qovun navlarini mahalliylashtirish borasida  o‘ziga xos tajribaga ega. Plyonka ostiga ekilgan qovun ko‘chatlari 60 kunda hosilga kiradi. Samarali usulning o‘ziga xosligi, ko‘chatlar tez rivojlanadi, namlikni uzoq saqlash xususiyatiga ega. Bundan tashqari, suv sarfi, oziqlantirish bilan bog‘liq ortiqcha  xarajatlarni tejash imkoniyatini beradi.
“Besarang” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 40 gektar aholi tomorqa ekin maydonlarida ertangi qovun navlari yetishtirildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilmurod Qosimovning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy mavsumda tashqi bozorga 350-400 tonnadan ortiq mahsulotlar turlari eksport qilinadi.  Bu yerda, tayyor mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan ulgurji bozor faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.