Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


GULCHILIK ORQALI E’TIBORXON TILLABOYeVA YUQORI DAROMAD TOPMOQDA

×

 2024-05-30 15:46:58    93

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida Prezidentimiz tomonidan aholi va yoshlarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida 20 sotixdan berilgan yer maydonlarida bir mahsulot bir kontur asosida kooperativ tashkil etilgan. Bu borada atirgulchilikni rivojlantirish orqali aholini yiliga 50-60 million so‘m daromad manbaiga erishishi ko‘zda tutilgan. 
Hududda yashovchi E’tiborxon Tillaboyeva bu imkoniyatdan unumli foydalanib oilasi uchun ajratilgan 20 sotixli yer maydonida atirgul parvarishlashni yo‘lga qo‘ygan. U gulchilik sohasiga ilk bor qo‘l urayotgani yo‘q. Sababi uning ota-onasi tajribali gulchilardan hisoblanadi. Bu sohaning serdaromadligini anglagan E. Tillaboyeva avvaliga o‘z xonadonidagi 15 sotixli yer maydonida atirgul ekib parvarishlagan. Ajratilgan yerlarga ham mana shu joydan ko‘chat tayyorlab ekib bugungi kunda ulardan yaxshigina daromad olayotganligi haqiqat. Hozirgi paytda 35 turdan ortiq atirgul navlari bo‘y ko‘rsatib turibdi,-deydi E. Tillaboyeva. -Yetishtirgan atirgullarimizni may oyining boshlaridan to kuzgacha uzib olishimiz mumkin. Shu kungacha 10 milliondan ortiq ilk daromadini keltirdi bu gullar.
Oila vakillari o‘zlari mehnat qilish bilan barobarida 20 dan ortiq xotin-qizlarni ham mavsumiy ish bilan ta’minlashmoqda.