Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI DOIRASIDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-30 17:12:24    79

PDF yuklash
Chop etish


"Onalarga ehtirom" festivali barcha shahar va tumanlar qatori Toshloq tumanida ham keng nishonlanmoqda. Bugun Toshloq tumanidagi 2- umumta’lim maktabida tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida "Onajonim, sizni juda yaxshi ko‘raman!" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan fidokor ustozlarning 50 nafardan ziyod onalari ishtirok etdilar. Fayzli davrada yig‘ilgan onalar birma-bir sahna markaziga takliq etilib, ularga farzandlarining dil izhorlari bilan birgalikda esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari E. Madaminov va U.Marasulovalar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Soliyev so‘zga chiqib ishtirokchilarga o‘z tilaklarini bildirdilar.