Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SAYXUNOBOD TAJRIBASI AMALDA

×

 2024-06-01 08:01:44    110

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz bo‘ylab tadbiq etilayotgan Sayxunobod tajribasi aholi daromadini oshirish orqali oilalarni farovonlik sari yuksalishiga turtki bo‘lmoqda. Bu tajriba Toshloq tumani mahallalarida ham keng qo‘llanilib tanlab olingan xonadonlarda 3 ta paket asosida oilalar daromadi manbai yaratilmoqda.
Bu borada tumanning Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida Sayxunobod tajribasining  birinchi bosqichi yakunlangan bo‘lib unda 7 ta xonadon tanlab olingan. Ularga uchta paket asosida - issiqxona, chorvachilik hamda parrandachilikni rivojlantirish yo‘nalishlarida ko‘maklashilmoqda.
-Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan Sayxunobod tajribasi chekka hududlarga ham yetib bormoqda. Jumladan bizning Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ham aholini tomorqadan unumli foydalanishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berish va qo‘shimcha daromad keltiruvchi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishlari uchun 3 ta paket asosida issiqxona, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlari ommalashtirilmoqda,-deydi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Sherzodjon Mamasaidov.— Xususan No‘monjon Karimov xonadoni ham tanlanib olingan bo‘lib hozirgi kunda bo‘sh turgan 2,5 sotixli yer maydonida issiqxona qurib bitkazildi. Bundan tashqari 3 bosh qo‘y hamda 20 ta tovuq keltirildi. Bu kabi ishlar tanlangan yana 6 ta xonadonlarda ham amalga oshirilgan.