Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLADA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2024-06-03 14:10:34 115
Toshloq tumani Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida hunar ortidan hurmat qozonib oilasi to‘kinchiligini ta’minlab kelayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ular qatorida Hayrullo Mamatov ham o‘z hunari bilan tanilganlardan. Hunarmand aka-ukalari Nasibillo va Saydullolar bilan mehnat qilish barobarida 4 nafar shogirdlarini ham hunarga o‘rgatib daromadli qilmoqda. X. Mamatov o‘z xonadonida oilaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bu joyda tashqi va ichki bezaklar uchun gipsdan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi.
-Uch aka-ukalar hunarimiz bilan oilamiz to‘kinchiligi yo‘lida mehnatdamiz. Asosan gips mahsulotlarini ishlab chiqaramiz. Ustalar tomonidan berilgan buyurtmalarni tayyorlash barobarida o‘zimizning ham do‘konimiz uchun turli xil bezak mahsulotlarini tayyorlamoqdamiz,-deydi hunarmand X. Mamatov.
Ishlab chiqarish jarayonida kuniga 40-50 qop gips mahsulotidan bezaklar tayyorlanadi. Asosan qo‘l mehnati talab qilinadigan hunardan shunga yarasha daromad ishlab topilmoqda.
-Ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit so‘rab murojaat qilgan Xayrullo Mamatovga o‘tgan yili 18 million so‘m imtiyozli kredit ajratib berildi. Buni evaziga hozirgi kunda ishlab chiqarish xajmi yanada kengaygan. Bundan tashqari tuman sanoat zonasi hududidan 14 sotix joy ajratilgan bo‘lib hozirgi kunda hunarmand qurilish ishlarini yakunlamoqda. Kelgusida bu joyda ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish hisobiga yana o‘n nafar ishchi o‘rni yaratish imkoniyati yaratiladi,-deydi mahalla hokim yordamchisi Sherzodjon Mamasaidov.