Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloqda DXX kubogi final uchrashuvi chinakam yoshlar bayramiga aylandi

×

 2024-06-05 10:24:17    89

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Davlat havfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining tuman bosqichi yakuniga yetdi.
O‘tkazilgan DXX boshlig‘i kubogi bahslarida tumandagi barcha mahalla jamoalari ishtirok etishdi. Final o‘yinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan  “Nayman” va “Qumqishloq” mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar to‘p surdilar.
Murosasiz bahsda 1-sektor hududidagi “Nayman” mahallasining yoshlari g‘alaba qozonishdi va tuman chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. 
Cportning mini futbol va futbol turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari: 
“Mini futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “So‘filar” MFY (3-sektor).2-o‘rin “Sadda” MFY (3-sektor).3-o‘rin “Chek” MFY 1-sektor).
“Futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “Nayman” MFY (1-sektor).2-o‘rin “Qumqishloq” MFY (2-sektor).3-o‘rin “Xotinqumi” MFY (3-sektor).
Qizlar o‘rtasida “Mini futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “Qipchoqariq” MFY (4-sektor).2-o‘rin “Chek” MFY (1-sektor).3-o‘rin “Axshak” MFY (3-sektor).
Musobaqa yakunida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Oybek Farmonov g‘oliblarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirdilar.