Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR HAMDA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-06-06 16:51:38 128
Bugun Toshloq tumanida Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, press-tur hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Dastlab press-turda OAV vakillari tumanda ijtimoiy soha ob’yektlarida davlat hususiy sheriklik asosida umumta’lim maktablarida isitish tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ta’kidlanganidek, ezgu tashabbus doirasida tumandagi 72 ta ijtimoiy soha muassasalari, xususan, 52 ta umumta’lim maktablarida isitish tizimi zamonaviy mezonlar asosida modernizatsiya qilindi. Bu borada imzolangan kelishuv bitimiga ko‘ra, “Rayyona biznes ta’mir” MCHJ tomonidan o‘tgan davrda ta’lim dargohlariga 1800 ta “aqlli” isitish qozonlari o‘rnatildi.
Press-tur qatnashchilari tumandagi 12-, 14-umumta’lim dargohlarida bo‘lib, ayni yo‘nalishda olib borilgan sa’y-harakatlar va uning amaliy natijalarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Ayni paytda 12-umumta’lim maktabida 1713 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Yangilanishlar jarayonida bilim maskaniga 6 ta yangi isitish qozoni o‘rnatilib, kuz-qish mavsumi betalofot o‘tkazilishi ta’minlandi.
O‘z navbatida 600 nafar kelajagimiz vorislari o‘qiyotgan 14-umumta’lim maktabida 9 ta eski isitish qozonlari almashtirilib, nafaqat sinf xonalarni bir maromda isitish, eng muhimi, tejamkorlikka erishildi. Maktab direktori Muxtorali Yuldashevning qayd etishicha, ilgari kuz-qish mavsumi uchun 100 tonnagacha ko‘mir yoqilg‘isi ishlatilgan. Modernizatsiya jarayonlari tufayli joriy mavsumda 35 tonna ko‘mir ishlatildi.
“Rayyona biznes ta’mir” MCHJ rahbari Mirqodir Boboqulovning ma’lum qilishicha, korxona tomonidan 2007 yildan buyon ilg‘or xorij tajribasi hamda mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, 6 turdagi “aqlli” isitish qozonlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona mutaxassislari tomonidan har bir ob’yektning o‘ziga xos xususiyati va binolar quvvatidan kelib chiqqan holda ish tashkil etilishi natijasida xavfsizlik, tejamkorlik va sifat nuqtai nazaridan barqarorlikka erishilyapti. Korxona tomonidan har bir inshoot kesimida uch yillik bepul xizmat ko‘rsatish va servis faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.