Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-06-06 16:55:23    77

PDF yuklash
Chop etish


Belgilangan reja asosida OAV vakillari uchun Toshloq tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yuzma-yuz muloqotda 2023 yil davomida tumanda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob etildi. Shu bilan birga davlat, investisiya dasturlari hamda mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar samarasi xususida o‘zaro fikr almashildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tuman hokimidan batafsil javob oldilar.