Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA GʻALLA O‘RIM-YIGʻIMI BOSHLANDI

×

 2024-06-07 08:38:27    101

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani g‘allakorlari bu yil 5070 gektar maydonda dehqonchilik qilib, qabul punktlariga har qachongidan ham mo‘l, sara don yetkazib berish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar.
Bugun ana shu fidokorona mehnat samarasi tufayli g‘alla maydonlarida mo‘l hosil yetishtirildi. Endigi navbat o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan o‘tkazishdan iborat. Bu muhim agrotexnik tadbirga  15 ta yuqori unumli o‘rim kombaynlari hamda har bitta otryadga 8 tadan yuk tashish mashinasi, ko‘chma dam olish xonasi, zarur qishloq xo‘jalik texnikalari, texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi, yoqilg‘i ta’minotchisi, somon yig‘ish mexanizmlari jalb etilgan.
Bugun tumandagi 179 ta fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rimiga start berildi. O‘rim oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on xatm qilindi.
Tumandagi "Arabboy To‘xtaboyev"  MMTP  hududiga qarashli "Sobir ota" fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rim-yig‘imi munosabat bilan tashkil etilgan amaliy seminarda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi vakillari, klaster va fermer xo‘jaliklari xodimlari hamda tumanda tashkil etilgan  otryad a’zolari qatnashdi.
Seminar davomida texnikalarning mavsum oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangani, otryad a’zolarining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘rikdan o‘tkazildi.