Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUGUN, TUMAN HOKIMLIGIDA TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI

×

 2024-06-07 19:25:43    92

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Toshloq tumani hokimligi majlislar zalida Respublika ishchi guruh a’zolari hamda sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazildi.
Qabulda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi. Tadbirkorlar murojaati yuzasidan yer ajratish,  infratuzilma,  eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan ko‘plab masalalar yechimiga qaratilgan.
Unda 50 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. 15 ta tadbirkorlikni kengaytirish hamda yangi ishchi o‘rinlar yaratish uchun kredit olish va yer maydoni ajratish kabi masalalarda murojaatlar qilindi. 
Qabulda har bir tadbirkorning murojaatlari Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan eshitildi. Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e’tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.