Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KORXONADA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN 24 TURDAGI MEBELLAR KO‘RINISHI, DIZAYNI ISTE’MOLCHILAR DIDIGA MOS BO‘LMOQDA

×

 2024-06-08 12:18:04    88

PDF yuklash
Chop etish


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimiz tayanchi, xalqimiz farovonligining muhim omiliga aylandi. Bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirishda mazkur sohaning o‘rni katta.
Keyingi yillarda Toshloq tumanida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlanib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.  Tumandagi Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan “Sofuna” mebel jihozlari ishlab chiqarish korxonasida 30 ga yaqin ishchilar mehnat qilmoqda. Mazkur korxonada bugungi kunda maktab va bog‘chalar uchun stol stullar, oshxona va yotoqxona mebellari kabi 24 turdagi mebel jihozlari buyurtma asosida va ichki bozorlarga ishlab chiqarilmoqda.
-Yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy mebellar xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Ayni paytda korxona quvvatini oshirish, mahsulot turini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda,-deydi tadbirkor Mirqodir Boboqulov.