Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumanida yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 108 mln. so‘m qiymatidagi asbob-uskunalar va mehnat qurollari yoshlarga subsidiya asosida berildi.
2024-06-08 12:20:19 161
30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan bugun Toshloq tumanidagi 22-sonli Musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan tumandagi ishsiz yoshlarga subsidiya asosida mehnat qurollarini tarqatish tadbirida tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Unda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, 22 nafar yoshlarga subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi.
Bundan tashqari 51 nafar OTM va professional ta’lim olayotgan talabalarning to‘lov kontrakt summasining bir qismi qoplab berildi. 4 nafar moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratildi.