Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
2024-06-11 16:05:03 125
Bugungi kunda aholi muammolarini hal etish yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Toshloq tumanida ham bu borada tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida haftaning har seshanba kuni fuqarolar qabullari o‘tkazilmoqda. Ushbu qabullar davomida tumandagi barcha mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida fuqarolarimiz muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, aholi murojaatlarining ayrimlari joyida hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan qabulda fuqarolarning kommunal soha, qishloq infratuzilmasini yaxshilash, bank krediti, uy-joy uchun yer ajratish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ishga joylashish, tibbiy xizmat va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi. Qabulda 20 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. 7 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Bartaraf etish uchun vaqt va mablag‘ zarur bo‘lgan muammolar tegishli idoralarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.