Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM TADBIRIDA ONALARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2024-06-12 16:53:34    99

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda barcha shahar va tumanlarda “Onalarga ehtirom” nomli festival doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Toshloq tumanida ham ushbu festival doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, onalarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni ifoda etgan uchrashuvlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.
Bugun tuman xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Onalarga ehtirom” nomli bayram tadbiriga mahallalarda yashovchi, uzoq yillardan buyon el koriga kamarbasta bo‘lib, bugungi kunda keksalik gashtini surib kelayotgan onalarimiz taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamiyatdagi barcha ayollar davlatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladilar. 
To‘kin dasturxon atrofida yangragan dil izhorlari sho‘x kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Baxtiyor chehralarda bu kabi e’tibor va mehrdan minnatdorlik, bugungi dorilomon kunlarga shukronalik, mamnunlik hissi tuyildi.