Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TAJRIBASI: “PIYOZCHILIK” MFYDA TADBIRKOR ILYOSBEK ISAQOV TASHABBUSI BILAN NOYOB KORXONA TASHKIL ETILDI

×

 2024-06-14 12:35:10    146

PDF yuklash
Chop etish


Gap shundaki, mahalladagi  mohir hunarmandlarni bir joyga jamlagan holda 4 ta konteyner o‘rnatilib, “konteyner - korxona”da kosiblar hamda chevarlar uchun 30 ta zamonaviy tikuv mashinalari o‘rnatildi. 
—Oddiy konteynerlardan foydalanib, ixcham va qulay usulda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydik,—deydi loyiha tashabbuskori.— 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada bepul tushlik tashkil etilgan. Tayyorlagan mahsulotiga qarab, mahalla hunarmandlari kuniga o‘rtacha 100 – 150 ming so‘mgacha ish haqi oladi. 
Chevarxonaga qo‘li gul oila bekalari jalb qilingani sababli ular tikayotgan milliy liboslar buyurtma asosida mamlakatimiz bo‘ylab yetkazib berilmoqda. Ayniqsa, adras va atlas matosidan tikilayotgan milliy choponlar juda ham xaridorgir.
Kosibchilik – mahalla “drayveri” sifatida belgilangan bo‘lib, yangi korxonada mavsumga qarab poyabzalning 30 dan ziyod turini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. 
E’tiborlisi, Toshloq tumani hokimligi ushbu tashabbusni tumandagi barcha mahallalarda ommalashtirishni rejalashtirmoqda.