Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI GʻALLAKORLARINING BARAKA XIRMONI KUN SAYIN YUKSALMOQDA
2024-06-20 08:03:09 123
Toshloq tumanida joriy yil hosili uchun 166 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4700 gektar yerda g‘alla parvarishlandi. Gʻallachilik tarmog‘ida ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanib, mahalliy iqlim sharoitiga mos yangi navlarni ekish va agrotexnik tadbirlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish, bioo‘g‘itlardan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Shu tariqa “Asr”, “Yaksart”, “Krasnodar”, “Davr” kabi navlar parvarishi orqali mo‘l hosil yetishtirildi. O‘z navbatida mazkur yilning o‘zida 250 gektar yerda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi.
Jumavoy Abdusalomov rahbarligidagi “Aminjon buvo” fermer xo‘jaligi a’zolari 17 gektar yerda bug‘doyning “Davr” navini parvarishlab, har gektar yerdan 100 syentnerga yaqin hosil yig‘ib olishdi.
Tumandagi “Azamat Jalil saxovati” fermer xo‘jaligining 40 gektar g‘alla maydonida mo‘l hosil yetishtirildi. Tajribali fermer Erkinjon Otajonovning qayd etishicha, dehqonchilikda yangicha yondashuv yutuqlar omilini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, xo‘jalik a’zolari ilm-fan yutuqlari, innovasion texnologiyalar yordamida har bir gektar yerdan o‘rtacha 95 syentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘ldilar.