Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FAXRIY JURNALISTLAR HOLIDAN XABAR OLINIB, TUMAN HOKIMINING TASHAKKURNOMASI HAMDA ESDALIK SOVGʻALARI TOPSHIRILDI
2024-06-27 08:24:37 100
Toshloq tumanida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy jurnalistlar holidan xabar olindi.
Tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov, hokimlik axborot xizmati rahbari Rustam Mamajonov hamda bir guruh qalamkashlar 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida “Toshloq tongi” gazetasida uzoq yillar samarali mehnat qilib ayni kunda keksalik gashtini surayotgan ustoz jurnalistlar xonadoniga tashrif buyurdilar.
Ne’mat Rahim. Bu odam toshloqliklarga juda yaxshi tanish. Uning qalamiga mansub “Besarang xangomalari”, “Bir rais fojeasi” singari asarlari o‘zining hajvi, satirasi bilan shuhrat topgan. Shu bois uni ko‘pincha Toshloqning “Said Ahmad”i deb atashgan.
1985 yildan jurnalistik faoliyatini tuman radiosida boshlagan Yo‘ldoshali Mamayev 1987 yildan “Toshloq tongi”da mehnat qilgan. Tahririyatning qishloq xo‘jaligi bo‘limi mudiri, muharrir o‘rinbosari vazifalarida sidqidildan mehnat qilar ekan o‘zining dolzarb, muammoli, iqtisodiy tahlili maqolalari bilan el nazariga tushgan.Ne’mat Rahim hamda Yo‘ldoshali Mamayevlarning shogirdlari hisoblangan A. Nishonov, Sh. Rahimova, H. Yakubovalar bugun “Toshloq tongi”da faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
Tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov faxriy jurnalistlarga tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning tashakkurnomasi va sovg‘asini topshirdi. Ustoz jurnalistlar tumanimiz yanada yuksalishi, el-yurtimiz farovon bo‘lishini tilab duoi fotihalar qildilar.