Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

×

 2024-06-28 17:06:28    79

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi Musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 
Qabulda fuqarolarning sud-huquq, tergov-surishtiruv, probatsiya, tadbirkorlik uchun bank krediti olish, ichimlik suvi, elektr ta’minotini yaxshilash va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. 
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.
Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.