Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: AHOLI MUROJAATLARI DOIM E’TIBORDA
2024-07-02 15:39:04 132
Haftaning har seshanba kuni Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Qabullarda tuman aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan hokimga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.
Bugun tashkil etilgan qabulda ham fuqarolar tuman rahbariga o‘z murojaatlari bilan yuzlanishdi. Fuqarolar tomonidan asosan, uy-joy, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, oila turmush munosabatlari yuzasidan murojaat yo‘lladilar.
Qabulda ishtirok etayotgan tegishli tashkilot va muassasalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.