Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN TOSHLOQ TUMANIDA “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA HUQUQIY-TARGʻIBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2024-07-08 13:55:39 116
Toshloq tumani hokimligi majlislar zalida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" (Cyber-month - Ferghana) doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari to‘g‘risida keng jamoatchilik vakillariga ma’lumot berish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan bu yilgi Davlat dasturida ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida topshiriq, ko‘rsatmalar berildi, ushbu farmondagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024 yil 11 iyundagi qarorida joriy yilning 1 iyulidan 31 iyulgacha "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" (Cyber-month - Ferghana) o‘tkazilishi belgilandi.
Ushbu oylikni o‘tkazishdan asosiy maqsad fuqarolarni kiberjinoyatlarni qurboniga aylanishlarini oldini olish, ularni kiberjinoyatga qarshi kibergigiyenani yuksaltirish, buning uchun bir qator sohalarda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Seminarda ma’ruzachilar elektron to‘lov tizimidagi vositalardan foydalanish, shaxsga doir ma’lumotlarni sir saqlanishi, bank plastik kartasi va uning parollarini himoyalanishi, telefonga kelgan xabar kodlarini begona shaxslarga aytmaslik va yana qator masalalar bo‘yicha joylarda, mahallarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng doirada o‘tkazish, har bir xonadonga kirib borilib, ularning kibermadaniyatini yuksaltirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.