Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloqda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish ustuvor vazifa.
2024-07-09 08:17:16 127
Yoshlar kelajagimiz. Mamlakatimizdagi siyosatning asosi ham aynan ularga bag‘ishlangan. Bu borada tumanimizda ham yoshlar bilan turli uchrashuvlar, ularning bilim va salohiyatlarini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Toshloq tumanida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ham yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tinglandi. Ko‘pchiligi shu yerning o‘zida hal etildi va ba’zilariga belgilangan muddat bilan mas’ullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.