Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BITIRUVCHILARGA DIPLOM TOPSHIRILDI

×

 2024-07-09 13:12:19    77

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikimida 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilariga "Kelajakka intilgan yoshlar - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Joriy o‘quv yilida texnikumda jami 68 nafar bitiruvchilar tamomladi. Bitiruvchilarga diplom hamda fahriy yorliqlarni topshirish tadbirida  tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov, texnikum o‘qituvchilari va bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlarni bilim olishlari, hunar o‘rganishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, keyingi yillarda Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida ham yoshlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilmoqda.   
Bugun 68 nafar bitiruvchilarga Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumini bitirganlik to‘g‘risidagi diplom tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqichlardan biri muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklab, barchalariga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.