Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


LIMONCHILIK BIR OILAGA 40 MILLION SO‘MGACHA DAROMAD KELTIRMOQDA

×

 2024-07-11 17:08:12    63

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi Turvat mahalla fuqarolar yig‘inida 725 ta xonadonning 400 ga yaqinida tashkil etilgan issiqxonalarda limon va limon ko‘chatlari yetishtiriladi. 
Mahallada istiqomat qilayotgan Foziljon ota Hasanov 10 sotixli yer maydonida 4 ta issiqxona barpo qilib, oilasi bilan limon parvarishlamoqda. Hozirgi kunda issiqxonada 130 tupdan ortiq limon ko‘chatlari mo‘l hosilga kirgan. 
— Issiqxonamizda “Mir” navli limon ko‘chatlarini ekib parvarishlayapmiz. O‘tgan yildan boshlab meva qilishni boshlagan limonlarimizdan 40 million so‘m daromad oldik. Mandarin ko‘chatlaridan ham yaxshi hosil olishga erishdik. Bu yilgi hosildan ham umidimiz katta. Limondan 10 tonna hosil olishni mo‘ljallab turibmiz,-deydi F. Hasanov.