Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI
2024-07-16 15:00:34 93
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabulda asosan oilaviy masalalar, ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, bir martalik moddiy yordam tayinlash, yashab turgan xonadonini ta’mirlab berish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq muammolar va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Hokim qabulida 25 ga yaqin murojaatlar tinglanib, shu joyning o‘zida mutasaddilar bilan birgalikda 9 ta murojaat ijobiy hal qilindi. Har bir fuqaro bilan suhbat davomida ularga muammosiga bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilot rahbarlari biriktirilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash va ishga joylashish singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi.