Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


IMTIYOZLAR NATIJASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI KENGAYMOQDA

×

 2024-07-20 10:04:35    63

PDF yuklash
Chop etish


"Agrobank" ATB Toshloq filiali tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida aholiga imtiyozli kreditlar ajratilib, hududlarda tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu bilan o‘nlab ish o‘rinlari yaratilib, aholini daromadi oshib bormoqda.
Tumandagi "Konizar" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Avazbek Karimovga Biznesni rivojlantirish banki loyihasi asosida "Agrobank" ATB Toshloq filiali tomonidan 100 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi. Tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida Xitoydan zarur dastgohlar olib kelib o‘rnatdi. Natijada zamonaviy texnologiya asosida jihozlangan kichik korxona mahsulotlari turi va hajmi yanada kengaydi. Ayni paytda 5 nafarga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan. Bu yerda  ayollar va erkaklar uchun o‘n turdagi paypoqlar ishlab chiqarilmoqda. 
Ma’lumot o‘rnida "Agrobank" ATB Toshloq filiali tomonidan Biznesni rivojlantirish banki loyihasi asosida yil boshidan 41 nafar tadbirkorga 3 mlrd 673 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida 80 dan ziyod ish o‘rinlari yaratildi.