Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AXSHAK” MAHALLASIDA 290 TA ISSIQXONALAR MAVJUD
2024-07-22 10:01:07 103
Tomorqa daromad manbai ekanligini chuqur anglagan Axshakliklar keyingi yillarda issiqxonada sabzavot, ko‘katlar va ko‘chat yetishtirish orqali yuqori daromad topishmoqda. Mahallada 705 ta xonadon mavjud bo‘lib, xozirda 290 ta xonadonlarda issiqxona tashkil etilgan. Hududda tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta’minlash bilan birga, el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan omilkorlar ko‘p.
“Axshak” mahallasida yashovchi Bahodir Dadaboyevga "Agrobank" ATB Toshloq filiali tomonidan hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 17 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Fuqaro o‘z tomorqasida 2 sotixli issiqxona tashkil etdi. Ayni paytda ushbu issiqxonada to‘rt faslda ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Mahalla hokim yordamchisi Muhriddin Botirovning qayd etishicha, joriy yilda hududda “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi asosida 5 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini kengaytirish maqsadida 550 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 6 ta xonadonlarga 2-3 sotixdan issiqxonalar tashkil etish uchun 230 mln. so‘m imtiyozli kreditlar berilgan. Zamonaviy agrotexnikalarni ishga tushirish natijasida 2-3 sotixli issiqxonadan yuqori daromad olishga erishilmoqda. 2 ta yo‘nalishni o‘zida 6 oy yakunlariga ko‘ra, 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz va kam daromadli oila a’zolarini doimiy daromad keltiruvchi ishlar bilan ta’minlandi.