Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«PIYOZCHILIK» MAHALLASIDA HAR BIR OILA TADBIRKOR
2024-07-23 11:45:34 107
Yurtimizda har bir oila doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, farovon hayot kechirishini ta’minlash maqsadda har bir mahallaning drayveri aniqlanib, tadbirkorlik, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, tomorqadan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda hayotbaxsh dasturlar ro‘yobga chiqarilyapti.
Toshloq tumanidagi «Piyozchilik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 5 ming 401 nafar aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni esa ikki mingdan ziyod. Ayni paytda aholining 70 foizga yaqini mahallaning asosiy drayveri bo‘lgan kosibchilik bilan shug‘ullanadi. Bu borada 100 nafardan ortiq lider tadbirkorlar kasanachilik asosida bir necha yuzlab mahalladoshlarini doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan.
— 2023 yili kosibchilik yo‘nalishida 35 ta oilaga yangi tikuv mashinalari olib berishga ko‘maklashilgan bo‘lsa, joriy yilning olti oyida 15 nafar hunarmandga 384 million so‘m imtiyozli kredit ajratib berilishiga erishildi, — deydi «Piyozchilik» MFYdagi hokim yordamchisi Akramjon Rahmonov. — Buning natijasida mahallada hunarmandchilik va tadbirkorlik jadal rivojlanyapti. Endilikda hududda tadbirkorlikka aloqasi bo‘lmagan oilaning o‘zi yo‘q.
Mahalladagi deyarli har bir xonadon buyurtma asosida erkaklar, ayollar hamda bolalar poyabzallarini yarim tayyor holda yetkazib beriladi. Bu mahsulotlar ulgurji narxda mamlakatimizning barcha hududlariga yetkaziladi, shu bilan birga qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonga ham eksport qilinadi. Har bir kosib ish ko‘lamiga qarab, oyiga o‘rtacha 3–5 million so‘m daromadga ega bo‘ladi.
Mahalla yettiligi tomonidan bundan bir yil avval o‘tkazilgan o‘rganish davomida 191 nafar ishsiz borligi qayd etilgan. Joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra, «Piyozchilik» mahallasida bor-yo‘g‘i 7 nafar ishsiz qolgan. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda tadbirkorlik yo‘nalishida 20 ta istiqbolli loyiha hayotga tatbiq etiladi. O‘z–o‘zini band qilish maqsadida 2 nafar ishsizga skuter motorolleri olib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, «Piyozchilik» mahallasida tadbirkorlik va davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi tufayli erishilayotgan yutuqlar salmoqli va bardavom bo‘lmoqda.